Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaztaʼminot" AJ kasaba uyushmasining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiyada gaz taʼminoti tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi masʼullari, gaz taʼminoti filiallaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.
Konferensiyada 2020-2022 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasi tadbirlarining 2022 yilda ish beruvchi tomonidan bajarilganligi hamda gaz taʼminoti boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2022 yildagi faoliyati yuzasidan hamda ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Taʼkidlab o‘tadigan bo‘lsak, "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yilida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda esa kasaba uyushmasining ham munosib hissasi borligini alohida eʼtirof etish lozim. Shubhasiz, samarali ishlar boshlang‘ich kasaba uyushmalari faoliyatini namunali tashkil etish uchun xizmat qiladi.
Konferensiya yakunida fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. Faoliyatni yana-da rivojlantirish maqsadida aniq rejalar belgilab olindi.