Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Samarqand" gaz ta’minoti filiali tomonidan mavjud 5 ta maishiy gaz ballonlarni ta’mirlash va sinovdan o’tkazish sexlarida yaroqlilik muddati o’tgan va ta’mirtalab maishiy gaz ballonlar sinovdan o’tkazilib, jo’mrak moslamalari almashtirilmoqda.
Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan 489 ming 503 ta aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlari suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan. Iste’molchilarga mavjud gaz ballon bilan "aylanma" usulda xizmat ko’rsatiladi.
-Belgilangan me’yorga ko’ra, gaz ballonlar besh yilda bir marta bosim ostida sinovdan o’tkaziladi. Sinash jarayonida gaz ballon bosimga dosh bermasa foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, ta’mirlanadi. Mavjud 5 ta maishiy gaz ballonlarni sinovdan o’tkazish sexlari tomonidan joriy yilning o’tgan birinchi chorakligida 25 ming 169 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o’tkazildi. Shundan 4 ming 771 donasiga jo’mraklar almashtirilib, ballonlar bosim ostida sinovdan o’tgach, ularning pasportiga yana besh yil foydalanish mumkinligi haqida maxsus belgi qo’yildi,-deydi “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali suyultirilgan gaz yetkazilishi muhandislik inshootlaridan foydalanishni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i Ilxom Safarov.