Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyat hokimligi hamda “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi "2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-57 sonli qaroriga asosan 2023 yilda Namangan viloyatidagi issiqxonalarni tabiiy gaz yoqilg‘isidan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirmoqda.
Shu munosabat bilan bugun “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, “Hududgaz Namangan” GTF rahbari Sh.Ataxanov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar va viloyatda faoliyat yuritayotgan issiqxona xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida zamonaviy ko‘mirga moslashtirilgan qozonxonalarning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o‘z takliflarini bildirishdi.