Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali jamoasi har bir isteʼmolchiga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berib, aholi ehtiyojini qondirish, ularga qulay turmush-tarzini yaratish yo‘lida astoydil mehnat qilmoqdalar.
Viloyatda ayni paytda 449 039 ta aholi xonadonlari va 397 ta ijtimoiy soha obyektlariga bir meʼyorda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Ayni damda aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash davriyligi 39-42 kunni tashkil qiladi. Joriy yilning shu kuniga qadar esa isteʼmolchilarga 27506,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.
Gaz ballonlarini tarqatish davomida turli baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun undan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish zarurligi ham alohida eslatib o‘tilmoqda.
Taʼkidlash joiz, tizimni raqamlashtirish loyihasi doirasida 449 039 nafar isteʼmolchilarga ID-kartalar tarqatildi va maishiy gaz ballonlarning har biriga elektron bar kodli stikerlar biriktirildi hamda “E-Gaz” dasturi ishlab chiqilib, isteʼmolchi va dastur orasidagi masofaviy bog‘lanish natijasida elektron to‘lov imkoniyatlari yaratildi.