Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filialining majlislar zalida "Hududgazta’minot" AJ boshqaruv raisining 06.06.2022-yildagi № 131-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirilgan hamda oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Unda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filialining barcha tuman gaz bo‘limi bosh muhandislari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda Toshkent shahrini tumanlar kesimida yirik hududlarga ajratish va tumanlarning chegaradosh qisimiga tabiiy gaz sarfini nazorat qilish maqsadida hisoblagichlar o‘rnatish ish jarayonlari hamda qizil hududlarga ajratilgan tumanlarning tabiiy gaz sarfining tafovvutlari sababini o‘rganish haqida so‘z bordi.
Tanqidiy, tahliliy ruhda o‘tkan yig‘ilishga "Hududgazta’minot" AJning "Tabiiy gaz ta’minoti ob'yektlaridan samarali foydalanish" boshqarmasi boshlig‘i H.Onarbayev, "Qurilish va ta’mirlash" boshqarmasi boshlig‘i hamda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filialining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qildi. Yig‘ilishda, topshiriq ijrosi yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Sustkashlikga yo‘l quyayotgan mas’ullarga qa’tiy ogohlantirish berilib, yig‘ilganlarga joylarda ishlarni samarali tashkil etish ta’kidlab o‘tildi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati