Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yer sayyorasida tabiiy resurslar cheklanmagan miqdorda emas. Ularni tejab ishlatish esa kelgusi avlod turmush sharoitini yaxshilashda ham katta oʻrin tutadi. Qolaversa, tejamkorlik moddiy tomondan ham foydali boʻlib, ortiqcha xarajatlarning oldini olishda asosiy omil boʻladi. Misol tariqasida tabiiy gazni olaylik. Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmolchilari xonadonidagi gaz jihozlarining mavsumga shayligi toʻgʻrisida qaygʻura boshlashadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filialiga qarashli shahar-tuman gaz boʻlimlari tomonidan esa aholi xonadonlarida tejamkor gaz uskunalari oʻrnatilishi, tabiiy gazni tejash va undan oqilona foydalanish, is gazidan zaharlanish hamda xonadonlarda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir va targʻibot ishlari mahallalar, ishlab chiqarish korxonalari, oʻquv muassasalari hamda jamoat joylarida doimiy olib boriladi.
Jumladan, Yangibozor tumanidagi 15-son maktab hamda Xonqa tumanidagi bozorlarda kamida bir kub gazni tejang tamoyili asosida energo tejamkor qurilmalar oʻrnatilishi moddiy taʼminotni yanada yaxshilashga xizmat qilishi toʻgʻrisida targʻibot ishlari olib borildi.
Taʼkidlanganidek, har bir xonadonga energo tejamkor qurilmalar oʻrnatilishi bu nafaqat gazni tejashi balki oilaviy byudjetga ham kam chiqim qilinishi hamda kelgusi avlodga tabiiy gazni yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar bu targʻibotlar natijasida energo tejamkor qurilmalarga yanada koʻproq qiziqish bildirib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻliq javoblar olishdi. Oʻqituvchilar esa ota-onalar majlisi va maktabda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida energo tejamkorlikni yanada kengroq targʻib qilish orqali kamida bir kub gazni tejash lozimligini qayd etishdi.
Hurmatli isteʼmolchilar! Kundalik turmushimizda tabiiy gazdan oqilona foydalanib, kuniga kamida bir metr kub gazni tejasak kelgusi avlod uchun ham tabiiy resursimiz yetib borishi orqali ularning turmush sharoitini yaxshilashga oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.