Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Payariqtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan 36 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridagi 57 ming 403 ta iste’molchilarni kuz-qish mavsumida bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash yuzasidan xozirlik tadbirlari boshlab yuborilgan. Shu maqsadda “Payariq-1”, “Payariq-2”, “Yangiqo’rg’on” va “Shimoliy” gaz taqsimlash stansiyalari hamda 97 dona yuqori bosimli, 554 ta o’rta bosimli gaz taqsimlash qurilmalarini mavsumga hozirlash belgilangan.
- Bo’lim muhandis-texnik xodimlari sa’y-xarakati bilan o’tgan yilgi anomal sovuq xavo haroratidan tegishli xulosa chiqargan xolda kuz-qish mavsumiga jiddiy xozirlik ko’rayapmiz. 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish va axoli xamda ijtimoiy soxa obyeklarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun 5 dona yuqori bosim gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlanib, 646 dona gaz taqsimlash qutilarini to’liq taftishdan o’tkazish dasturga kiritilgan. Joriy yilning aprel-avgust oylari davomida 28 km gaz quvurini xavo bosimi yordamida zichlikka sinash va tozalash, 50 km gaz quvurlarini pribor usuli bilan tekshirish, 15 km yer usti gaz tarmog’ini bo’yoqlash rejalashtirilgan. Chelak shahridagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida, 1.1 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi va to’liq bo’yoqlash ishlari bajarildi. Xoja Ismoil mahalla fuqarolar yig’inidagi aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash yuzasidan 2 km yer usti tabiiy gaz quvurlari estetik jixatdan tartibga keltirildi,-deydi “Payariqtumangaz” GTB boshlig’i Isomiddin Qodirov.
Amalga oishrilayotgan tadbirlar eng avvalo aholiga qulaylik yaratish, ularning xayotdan rozi bo’lib yashashiga munosib hissa qo’shishdan iborat.