Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali xodimlari “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tashkil etilgan chellenjda faol ishtirok etishdi.
Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15 may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi belgilab qoʻyildi. Xalqaro oilalar kunini oʻtkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bogʻliq muammolarga qaratishdir.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati