Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona va samarali foydalanish sodir bo’lishi kutilgan turli sal’biy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulotda holatlarni oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo’limi muhandis-texnik xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida o’rganishlar o’tkazilmoqda.
Tahlillarga ko’ra, joriy yil aprel oyining 14 kuni davomida o’tkazilgan targ’ibot tadbirlari davomida gaz-havo aralashmasi natijasida chaqnash, is gazidan zaxarlanish holatlarining oldini olish va xavfsizlik avtomatikasi bilan jixozlangan tejamkor yondirgichlar o’rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O’rganishlarda tabiiy gaz ta’minotida 23 ta kamchiliklar aniqlangan bo’lib, shundan 20 tasi o’z vaqtida va sifatli bartaraf etildi, suyultirilgan gaz ta’minotida 61 ta kamchiliklar aniqlangan bo’lib, 43 tasi bartaraf etildi.
Shuningdek, soha mutahassislari tomonidan aholi xonadonlari, mahalla fuqarolar yig’inlari, ta’lim maskanlarida o’tkazilayotgan targ’ibot tadbirlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishda xavfsizlik qoida va tartiblari batafsil tushuntirilmoqda. Shu maqsadda, 4 ming 964 ta eslatma materiallar tarqatildi.