Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mashg‘ulotlar yong‘in-qutqaruv qismi, fuqaro muhofazasi, tibbiyot-sanitariya xizmati va boshqalar hamkorligida tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yong‘inning oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar paytida Avariya holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi.
O‘quv mashqlari shoxobchadagi avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganda uni bartaraf etish, uning natijasida kuyish tan jarohati yetgan ishchini qutqarish va 1-tibbiy yordam ko‘rsatishda jalb etilgan xodimlar samaradorligi va yuqori darajadagi hamkorlikni namoyish etishdi, Shuningdek havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida suyultirilgan gaz to‘kish uchun kelgan “MAN” avtomobilida bosim klapanining nosozligi natijasida vujudga kelgan bosimini ko‘tarilish holatini tushirish va sovitish ishlarini bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida qo‘yilgan maqsadlarga erishilib, fuqaro muhofazasi tuzilmasining hamkorlikdagi amaliy harakatlari bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Qayd etish joizki, bu kabi qo‘shma mashg‘ulotlar xavfli ishlab chiqarish obyektida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishchilarning yuqori tayyorgarligini saqlashga imkon beradi.