Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning 16 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari belgilandi. 1 may kunidan ushbu manbalar uchun tabaqalashtirilgan tarifda toʻlovlar amalga oshiriladi.
Bu borada isteʼmolchilarga tushunchalar berish maqsadida joylarda targʻibot ishlari olib borilmoqda. Ana shunday targʻibot ishlari Andijon shahridagi “Forobiy” mahalla fuqarolar yigʻinida olib borildi. Unda Energetika vazirligining ishchi guruhi vakillari Jamshidbek Rasulov hamda Elmurod Maʼmurovlar, “Andijonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi va “Hududiy elektr tarmoqlari” Andijon shahar boʻlimi vakillari qaror bilan bogʻliq yangiliklar hamda bazaviy meʼyorlar haqida tushunchalar taqdim etdilar.
Alohida taʼkidlash lozimki, yaqinda “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati isteʼmolchilar yangi tariflar boʻyicha qancha toʻlashini hisoblab chiqishi uchun test rejimida onlayn kalkulyatorni ishga tushirdi bu orqali fuqarolar isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun 1 maydan amalga kiradigan tariflar boʻyicha qiyosiy hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, tizimga kirib, isitish mavsumini belgilaydigan boʻlsak, unda 500 metr kub norma belgilangan. Bu 650 soʻmdan hisoblanadi. Isteʼmolchi shu asosda oʻzining hisob-kitobini qiladi va oʻzining gaz isteʼmol qilgan jarayonini kuzatib boradi. Xuddi shu kabi isteʼmolchilar isitish mavsumidan tashqarida ham toʻlov hisob-kitobini ushbu tizimdan foydalanishi mumkin.
Uchrashuv davomida mutaxassislar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun isteʼmolchi oʻzining shaxsiy hisob raqamiga oldindan toʻlovni amalga oshirilganlik holatlari ham qonuniy meʼyorlar bilan belgilanganligini aytib oʻtishdi. Masalan, isteʼmolchi elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun koʻproq miqdorda toʻlovni oldindan amalga oshirgan boʻlsa, tarif oʻzgarganda ham ikki oy mobaynida qoʻshimcha toʻlov qilmaydi. Uchinchi oyda esa isteʼmolchi yangi tarif asosida toʻlovni amalga oshiradi.
Mana shunday targʻibotlar Xonobod shahrining “Yangi hayot”, Xoʻjaobod tumanining “Bahrin”, Qoʻrgʻontepa tumanining “Obi hayot” va “Shahrixonsoy” hamda Jalaquduq tumanining “Qadaqsin” MFYlari olib borildi.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati