Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xalqimizda “Qish gʻamini yozda ye” degan purmaʼno naql bor. Viloyatda gaz xoʻjaligini 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga hozirlash tadbirlari ham boshlab yuborilgani ahamiyatga molik.
Tuman va shahargaz taʼminoti boʻlimlari tomonidan joylarda kuz-qish mavsumi koʻngildagidek va betalafot oʻtishi uchun reja asosida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Nurota tumanida ham bu borada qator ishlar bajarilmoqda.
Xususan, bugungi kungacha tumandagi 1,3 kilometr gaz quvurlari joriy taʼmirlandi. 5,6 kilometr gaz quvurlarida bosim ostida zichlikka sinash va tozalash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, gaz quvurlarining estetik jihatdan sozligi ham chetda qolmadi, yaʼni 1,9 kilometr gaz quvurlarida boʻyoqlash ishlari bajarildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad aholiga kuz-qish mavsumida tabiiy gazni bir maromda va uzluksiz yetkazib berishdir.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati