Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jondor tumanida 20 mingdan ortiq suyultirilgan gaz isteʼmolchilari istiqomat qiladi. Ularga 35 kunga bormay, belgilangan rejaga asosan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.
Soha xodimlarining navbatdagi manzili qaysi mahallaga yoʻnaltirilgan edi?
Bir kun davomida “Jondortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari 5 ta mahalladagi 600 tadan ortiq xonadonda istiqomat qiluvchi aholiga maishiy gaz ballonlarini tarqatishdi. “Qozikenti”, “Samonchiq”, “Oqtepa”, “Chorzona”, “Qaroli” mahallalarida boʻlgan tizim xodimlari fuqarolarni umumiy hisobda 12 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz bilan taʼminlashdi.
Jarayonlar hamda tizim xodimlarining faoliyatidan aholi minnatdormi?
Isteʼmolchilardan biri Qudrat Rahimov bu haqida oʻzining ijobiy fikrlarini bildirib oʻtdi.
– Toʻrt faslda ham gazchilar faol. Oʻz vaqtida gaz ballonimizni yetkazib berishadi. Ovqatlarimiz tayyor, choylarimiz qaynab turibdi. Gaz ballonlarini oʻlchab olamiz. Biror muammo yuzaga kelsa 104 raqami orqali bogʻlanamiz va murojaatlarimiz ham vaqtida hal etiladi.
Gaz ballonlaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerakmi?
Albatta kerak. Bu haqida joylarda targʻibotlar olib borilmoqda. Har bir xonadonga gaz ballonlari yetkazilar ekan, undan toʻgʻri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish borasida yoʻriqnomalar tarqatilmoqda. Shuningdek, toʻlovlar maxsus kartalarda amalga oshirilib, gaz ballonlaridagi maxsus stikerlarga tashqi taʼsir koʻrsatmaslik boʻyicha ham tushuntirish berilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati