Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali va uning shahar, tumangaz gaz taʼminoti boʻlimlari xodimlari tomonidan joylarda aholini tejamkorlikka undash, tabiiy gazdan unumli foydalanish yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Targʻibotlarda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 apreldagi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati ham keng tushuntirilmoqda. Yoqilgʻi-energetika sohasida tejamkorlikni taʼminlash muhimligi, bunda har bir isteʼmolchidan masʼuliyat bilan yondashish talab etilishi aytib oʻtilmoqda. Aytish kerakki, tabiiy gazni iqtisod qilishda energiya tejamkor gaz uskunalarining ahamiyati katta. Navbahor tumanining “Paxtakor”, Qiziltepa tumanining “Vangʻozi”mahallalarida ham zamonaviy gaz uskunalaridan foydalanishning afzalliklari yuzasidan targʻibotlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, “Gulbogʻ”, “Gulzor” mahallarida “mahallabay” asosida fuqarolarga qaror mohiyati yuzasidan atroflicha tushunchalar berilmoqda.
Targʻibotlarda nostandart gaz pechlari oʻrniga zamonaviy energiya tejamkor gaz uskunalarini oʻrnatish gazni 30-40 foizgacha iqtisod qilishi, natijada tabiiy gaz uchun toʻlov miqdori ham sezilarli kamayishi va boshqalar boʻyicha maʼlumot berilmoqda.
Bu kabi targʻibot tadbirlari viloyatning barcha mahallalari boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati