Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Nurota tumanida aholini gaz bilan bogʻliq murojaatlarini oʻrganish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Nurotatumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tegishli xodimlari tomonidan har bir murojaat oʻrganilib, yechimi koʻrilmoqda.
– Joriy yilning shu davriga qadar boʻlimimizga jami 28 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, barchasi ijobiy hal etildi, — deydi “Nurotatumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi nazorat va fuqaro murojaatlari bilan ishlash boʻlimi yetakchi muhandisi Dilbar Rahmonova. – Kelib tushgan murojaatlar kechiktirilmay nazoratga olinadi. Yoʻnalishlar boʻyicha tahlil qilganimizda murojaat aksariyati maishiy gaz ballon bilan taʼminlash masalalariga toʻgʻri kelganini koʻrishimiz mumkin. Murojaatlar boʻlim masʼul xodimlari tomonidan oʻz vaqtida joyida borib oʻrganib chiqildi va murojaatchilar yangi maishiy gaz ballonlar bilan taʼminlandi.
Xususan, fevral oyida “Istiqlol” mahallasi “Soykechar” qishlogʻida yashovchi fuqaro Ulugʻbek Hasanov murojaatiga asosan unga yangi maishiy gaz ballon ajratildi. Shuningdek, “Jarma” mahallasining “Oqqula” qishlogʻida yashovchi Muborak Sharipovaning murojaati ham oʻrganilib, fuqaro maishiy gaz ballon bilan taʼminlandi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati