Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona va samarali foydalanish sodir bo’lishi kutilgan turli sal’biy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali bo’limi muhandis-texnik xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida o’rganishlar o’tkazilmoqda. Tahlillarga ko’ra, joriy yilning o’tgan birinchi choragi davomida 19 ming 212 ta hovli turar joylar va 8 ming 896 ta ko’p qavatli uylarda monitoring tadbirlarini o’tkazishdi.
O’tkazilgan tadbirlar davomida gaz-havo aralashmasi natijasida chaqnash, is gazidan zaxarlanish holatlarining oldini olish va xavfsizlik avtomatikasi bilan jixozlangan tejamkor yondirgichlar o’rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O’rganishlarda tabiiy gaz ta’minotida 180 ta kamchiliklar aniqlangan bo’lib, shundan 131 tasi o’z vaqtida va sifatli bartaraf etildi, suyultirilgan gaz ta’minotida 332 ta kamchiliklar aniqlangan bo’lib, 272 tasi bartaraf etildi.
Shuningdek, soha mutahassislari tomonidan aholi xonadonlari, mahalla fuqarolar yig’inlari, ta’lim maskanlarida o’tkazilayotgan targ’ibot tadbirlarida tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishda xavfsizlik qoida va tartiblari batafsil tushuntirilmoqda. Shu maqsadda, joriy yilning o’tgan uch oyi davomida 29 ming 448 ta eslatma materiallari tarqatildi.