Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 16-aprel kunida “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Bugun joylarda hamkor idora va tashkilotlar ishtirokida qaror mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi targʻibot tadbiri Buxoro viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hamda 29-umumtaʼlim maktabida boʻldi. Tadbirda soʻz olganlar elektr energiyasi, gaz tariflariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida toʻxtalib oʻtishar ekan, shubhasiz, ulardan toʻgʻri va oqilona foydalanish, energotejamkor jihozlarni oʻrnatgan holda tejash imkoniyati hamda qulayligi yanada yuqori ekanligi haqida toʻxtalib oʻtishdi. Fikr va mulohazalar bildirildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati