Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 6 may kuni “Mingbuloq tumangaz” GTBda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi bilan “Faxriylar eʼzozda” mavzusida seminar tashkil etildi.
“Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimi raisi M.Saidmurodova, mehnat faxriylari mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtiroklari kengaytirish, keksalar va nuroniylar holidan xabar olish toʻgʻrisida to‘xtalib oʻtdi.
“Faxriylar kengashi raisi” O.Nurmatov va “Mingbuloq tumangaz” GTB M.Ismoilov tomonidan faxriylar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganligi va ular doimo eʼzoz va eʼtiborda ekanliklari toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Tadbir yakunida faxriylarga dasturxon solinib, birga mehnat qilgan faxriy xodimlar esga olindi.