Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining qurilish va montaj boshqarmasi tomonidan Bulung’ur tumanidagi Do’stlik va Guliston mahallasidagi aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida diametri 159 mm bo’lgan tabiiy gaz quvuri tortildi.
Amalga oshirilgan ishlar bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratildi. Iste’molchilar uchun zamonaviy elektron gaz xisoblagichlar hamda maromlash qurilmalari o’rnatildi.
-Avvallari mahallamizdagi aholi xonadonlari uchun ayniqsa qish faslida tabiiy gaz bosimi pasayib ketar edi. Tabiiyki, bu aholining haqli e’tiroziga sabab bo’lar, turli muammolarni keltirib chiqarardi. Mahallamiz uchun yangi tabiiy gaz quvuri tortib kelingach yuqoridagi muammolar bartaraf etildi. Tabiiy gaz ta’minotida uzilishlarga barham berildi,-deydi Guliston mahalla fuqarolar yig’ini raisi Po’lat Yorboyev.
Tizimda hayotga tadbiq etilayotgan islohotlar zamirida xalqni rozi qilish, ularga qulay sharoit yaratib berish singari ezgu maqsad mujassamligi bilan ahamiyatlidir. Ze’ro xalq o’z turmushidan rozi bo’lsa, ishda unum, baraka bo’ladi.