Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xalq dardini tinglash, aholi murojaatlarni tezkor hal etish bugun har bir idora va tashkilot rahbar va mas'ullarning burchiga aylangan.
Bugun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialida Toshkent shahar Prokuraturasi bo'lim katta prokurori Sardor Kabilov hamda filiali direktori Timur Grabovich boshchiligida iste'molchilar bilan qabul o'tkazdilar.
Qabullarda 7 nafar fuqaroning, yangi sotib olingan yoki ikkiga ajratilgan xonadonlarning tabiiy gaz uchun to'lov hisob raqamini qayta rasmiylashtirish, tabiiy gaz hisobi uchun yangi hisob raqam ochish, boshqa hisob raqamga noto'gri qilingan to'lovni qayta ko'rib chiqish bo'yicha murojaatlari ko'rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi joyida hal etildi. 1 ta murojaatga muddat belgilanib ijrosi nazoratga olindi. 4 tasi esa 24 soat ichida ijobiy yechim topadigan bo'ldi. Bu kabi qabullardan ko'zlangan asosiy maqsad, davlat idoralari va xalq bilan mustahkam, ishonchli ko'prik yaratishga qaratilgan.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati