Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Andijonda soha xodimlari uchun “Vodiy Quiz” MChJ bilan hamkorlikda intellektual bahs tashkil etildi. Unda “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali, shahar-tuman boʻlimlari hamda gaz toʻldirish shoxobchalaridan 21 ta jamoa oʻz bilimlarini sinovda oʻtkazishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96 sonli qarori ijrosini taʼminlash, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan bilimlar jangida jamoalar “Kinomaniya”, “Zanjir”, “Melomaniya”, “Gaz sohasiga oid testlar” va shunga oʻxshash 8 raundlik bahslarda savollarga javob topishdi.
Qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻlgan aql musobaqasida “Izboskantumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining “Yangi asr” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Filialning “Dream team” jamoasi va 3-oʻrin esa “Shahrixon” GNP jamoalariga nasib etdi. Gʻolib jamoalar “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati