Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialida “Hududgaz Konsalting” MChJ tomonidan soha xodimlari uchun “Ijtimoiy-maʼanaviy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan maʼnaviy-axloqiy va mantiqiy fikrlashni yuksaltirish” mavzusida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. Unda Filial shahar-tuman boʻlimlarida ishlovchi ayollar, ijro nazorati yoʻnalishi mutaxassislari hamda uy ichi gaz jihozlariga xizmat koʻrsatish chilangarlari ishtirok etdilar.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida yigʻilganlarga “Jamiyat xotin-qizlarining zamonaviy milliy xususiyatlari, milliy qadriyatlarga asoslangan imijni hamda ularning kiyinish borasidagi diniy va dunyoviy qarashlarini shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi va oʻzaro muloqot hamda aholi bilan oʻzaro axloq etikasi, xodimlarning maʼnaviy qiyofasi, ahil komandani shakllantirish yoʻllari kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi.
“Kurslarni oʻtkazishdan asosiy maqsad, “Hududgaztaʼminot” AJ tizimidagi xodimlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda umumiy natija uchun masʼuliyatli va ahil jamoani shakllantirish, xodimlarning aholi bilan samarali muloqotini oʻrnatish, muammoni anglash va vaziyatni tizimli tahlil qilish asosida oqilona qarorlarni qabul qilish bilan birga tashabbuskorlik va liderlik sifatlarini shakllantirish orqali umumkasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdir. Oʻylaymizki, ushbu oʻquv kurslarimiz ishtirokchilarimizni kelgusi ish faoliyatlarida oʻz natijalarini namoyon etadi” – deydi, maʼruzachi sotsiologiya fanlari doktori Mavluda Qurbonboyeva.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida barcha qatnashchilar bahsli munozaralar, interaktiv oʻyinlar hamda amaliy mashgʻulotlar orqali oʻz bilimlarini yanada boyitdilar.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati