Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 98 ming 166 ta aholi xonadonlari va 111 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta'minoti filiali tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Iste'molchilarning 157 ming 036 ta maishiy gaz ballonlar mavjud bo‘lib, ballon bilan taminlanganlik darajasi 160 foizni tashkil qilmoqda.
“Bugungi kunda 3 ming 386 ta maishiy gaz ballonlar zahirasi yaratilgan,- deydi “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta'minoti filialining Suyultirilgan gazni sotishni muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i Ruslanbek Ibragimov. – shuningdek, 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun 8 ming 967 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berishni reja qilganmiz. Gaz to‘ldirish inshootlarimizda ham mavsumga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilgan...”
Joriy yil boshidan beri rejada 13 ming 364 tonna gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 14 ming 086 tonna “zangori yoqilg‘i” yetkazib berildi va belgilangan reja 105 foizga bajarilmoqda. Yakunga ko‘rsa esa, mazkur hududda gaz yetkazib berishning oraliq muddati 30-35 kunni tashkil qilyapti.
Respublikadagi mavjud 5 ta gaz to‘ldirish shoxobchalari mavsumga shay holatda ishlab turibdi. Barchasida joriy ta'mirlash ishlari o‘tkazildi. Qo‘shimcha generator va boshqa kerakli ehtiyot qismlari jamlandi. Nazorat tarozilari, gaz quyish kolonkalarining uzluksiz ishlashi uchun ehtiyot choralari ko‘rildi. Barcha GTShlardagi sig‘imlar va uzellar shay holatga keltirildi. Shuningdek, Filial tasarrufidagi 6 ta maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish sexlari ham faoliyatini olib bormoqda.