Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Angrenshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi tasarrufida bugungi kunga kelib gaz tarmoqlari uzunligi jami 116 728 kilometrni tashkil qiladi. Shundan, yuqori bosimli – 30 460 kmni, o‘rta bosimli – 39 734 kmni, past bosimlisi esa – 46 534 kmdan iborat.
Aholiga bir meʼyorda tabiiy gaz uzatish uchun xizmat qiluvchi jami – 82 ta gaz taʼminoti nuqtalari (GTN) mavjud bo‘lib, ulardan 17 tasi yuqori bosimli, 65 tasi o‘rta bosimli GTNlar o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 22 yanvardagi 14-sonli yig‘ilish bayonidagi topshiriqqa asosan, Angren shahar, Dukent qo‘rg‘onidagi 96 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 3000 dan ortiq xonadonlarni tabiiy gaz bilan taʼminlash ishlari olib borildi. Hududni gazlashtirish maqsadida, soha xodimlari tomonidan 4,6 km gaz tarmoqlari qurib bitkazildi va hozirda qo‘rg‘ondagi 2187 ta xonadonlari tabiiy gaz bilan taʼminlanib, ularga zamonaviy gaz hisobdonlari o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, “Angrenshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan shaharni yirik hududlarga ajratish bo‘yicha ishlar ham olib borilmoqda. Unga ko‘ra, 1-yirik hudud Angren-Obliq yo‘nalishi bo‘yicha ajratilib 27 ta MFYdagi 6085 ta aholi va 61 ta ulgurji, 2-yirik hudud Angren-Qorabog‘soy yo‘nalishi bo‘yicha ajratilib 12 ta MFYdagi 27063 ta aholi va 220 ta ulgurji hamda 3-yirik hudud Angren-Aqcha yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta MFYdagi 690 ta aholi va 7 ta ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlash rejalashtirilgan.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Matbuot xizmati