Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maʼlumki, tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlar aholisi maishiy gaz ballonda xonadonlarga yetkaziladigan suyultirilgan gazdan foydalanishadi. Agarda isteʼmolchi yangi uy-joyga koʻchib oʻtgan boʻlsa maishiy gaz ballon olish uchun nimalar qilishi lozim?
Bunda avvalo, hududiy gaz taʼminoti idorasi bilan isteʼmolchi oʻrtasida tegishli shartnoma tuzilishi talab etiladi.
Maishiy gaz ballonlarini ijaraga berishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
🔹 ariza (shahar/tuman gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi nomiga);
🔹 isteʼmolchining pasport nusxasi;
🔹 oila aʼzolari haqida maʼlumotnoma;
🔹 isteʼmolchining STIR raqami.
Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng, gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilib, maishiy gaz ballon foydalanish uchun ijaraga beriladi.
Shu oʻrinda isteʼmolchilar maishiy gaz ballondan xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda foydalanishlari lozim.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati