Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholining tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bog‘liq murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali tomonidan ham qator ishlar bajarib kelinmoqda.
Xususan, gaz taʼminoti filiali va tumangaz gaz taʼminoti bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha masʼul mutaxassislarga yo‘llanib, o‘z vaqtida yechimi ko‘rilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan birinchi choragi davomida filialga jami viloyat bo‘yicha 588 ta murojaatlar yo‘llangan. Ularning barchasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, ijobiy hal etilishi, ayrimlariga esa tushuntirishlar berilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, isteʼmolchilarning suyultirilgan gaz yetkazilishi, yangi maishiy gaz ballon olish tartibiga oid ko‘plab murojaatlari qabul qilinib, bu borada ham tezkor o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi orqali suyultirilgan gaz taʼminoti bo‘yicha jami 112 ta murojaat qabul qilindi. Yo‘llangan murojaatlar barchasi o‘z vaqtida o‘rganilib ijobiy hal etildi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, agarda siz, yangi uy-joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsangiz va sizda maishiy gaz balloni mavjud bo‘lmasa, unda hududiy gaz taʼminoti idorasi bilan isteʼmolchi o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilishi talab etiladi. Bunda siz o‘zingiz yashayotgan tumanning gaz taʼminoti bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, tegishli hujjatlarni taqdim etishingiz lozim. Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma tuzilib, maishiy gaz ballon foydalanish uchun ijaraga beriladi.
Shu bilan birga tabiiy gaz bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar ham soha xodimlari tomonidan o‘rganilib zarur choralar ko‘rilishi taʼminlanmoqda.