Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda jamoatchilik kengashlarini oʻtkir muammolar, aholini oʻylantirayotgan masalalar yuzasidan konstruktiv muloqot maydonchasiga aylantirish boʻyicha ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyulda qabul qilingan “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining huquqiy maqomi belgilab berilgan.
“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filialida jamoatchilik kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir kun tartibiga “Hududgaztaʼminot” AJ huzuridagi jamoatchilik kengashining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining ijrosini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash sifatini va samaradorligini yanada oshirish hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilish masalalari qoʻyildi.
Kun tartibining 1-masalasi boʻyicha kengashning yangi aʼzolari tasdiqlandi. Shundan soʻng, tasdiqlangan yangi tarkib ishtirokida 2023-yil faoliyati tahlili oʻrganildi va tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi hamda 2024-yil uchun ish rejasi tasdiqlanib kengash faoliyati rejalari belgilab olindi.
Yigʻilish yakunida jamoatchilik kengashi isteʼmolchilar bilan aloqa sifatini yanada oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.
Maʼlumot uchun: Jamoatchilik kengashi oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organidir. Jamoatchilik kengashi davlat organining markaziy apparati huzurida tashkil etiladi va uning faoliyati mazkur davlat organining barcha hududiy boʻlinmalari va oʻziga boʻysunadigan tashkilotlarga tarqaladi.