Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun Oltinkoʻl tumanining “Qoʻshkoʻprik” mahallasi yanada gavjumlashgan. Viloyat rahbari boshchiligida mazkur mahallada muammolarni hal etish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va daromadli bandlik bilan taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi koʻrsatmalariga asosan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, xonadonlarni esa daromadga yoʻnaltirish ishlari jadallashtirilgan. Mahallaning 5 ta koʻchasida 812 ta isteʼmolchilari istiqomat qilmoqda.
Barcha aholisi suyultirilgan gaz isteʼmolchilari boʻlgan “Qoʻshkoʻprik”ka tuman gaz taʼminoti korxonasi tomonidan suyultirilgan gaz oʻz vaqtida olib kelinmoqda. Isteʼmolchilar “zangori yoqilgʻi”ni tartib bilan olishga oʻrganishgan. Har bir fuqaro oʻz xonadoni oldiga maishiy gaz ballonlarini olib chiqib qoʻyadi va maxsus avtotransport vositasi kelishini kutadi. Soʻngra maxsus karta orqali gaz olishadi. Bu esa, mahallaga gazni oʻz vaqtida va sifatli yetkazib berishda qoʻl kelmoqda.
“Mahallamizga viloyat hokimimiz kelganidan beri hamma xursand, — deydi Salima aya Tursunova. – Har bir fuqaro bilan gaplashdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi takliflarini aytdi. Toʻgʻrisi rosa xursandmiz. Tadbirkorlikni qilish uchun mehnat kerak. Mehnat qilganni qorni ochishi esa bor gap. Ana shunda uyingizda gazingiz boʻlsa, xavotir olmay, vaqt ketkazmay tushlik yoki kechki ovqat tayyorlaysiz. Xudoga shukrki, gazimizni oʻz vaqtida olib kelishmoqda”.
“Qoʻshkoʻprik” mahallasida “mahallabay”, “xonadonbay” tizimida ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ish bilan taʼminlash orqali oilalarni iqtisodiy barqaror darajada boʻla olishi uchun tashkil etilgan yangi imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar boʻyicha barcha mutasaddilar aholi bilan yaqindan ishlashga safarbar etilmoqda. Mahalladagi bir qancha umumiy muammolar yechim topmoqda. Aholini rozi holda yashashlariga esa gaz sohasi xodimlari ham oʻz hissasini qoʻshmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati