Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi 4819-sonli qaroriga asosan "Hududgazta'minot" AJ tasarrufidagi "Yetkazib berish quvurlari"ning davlat kadastrini yuritish, ya'ni gaz tarmoqlarining joylashgan o‘rni va ma'lumotlar bazasini yaratish hamda ushbu ma'lumotlarni davlat kadastrlari palatasining "Milliy geoaxborot tizimi"ga (MGAT ga) elektron shaklda kiritish va yangilab borish vazifasi yuklatilgan edi.
Qaror ijrosi yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida jami 8 331,341 kilometr gaz tarmoqlari mavjud bo'lib, shundan, yuqori bosimli 219,000 km, o‘rta bosim 1 375,818 kilometr, past bosim 6 736,523 kilometrni tashkil qiladi.
"Kadastr va geoinformatsiya tizimini joriy etish" bo'limi tomonidan filial tasarrufidagi 8 000 kilometrga yaqin gaz tarmoqlarining joylashuvi bo'yicha elektron topoxarita va elektron ma'lumotlar bazasi yaratildi. Hozirda bu bo'yicha ishlar davom etmoqda. Bu kabi ishlar soha rivoji yo'lida muhim qadamdir.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati