Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va 25 fevral kuni o'tkazilgan 16-son yig'ilish bayoni ijrosini ta'minlash yuzasidan “Hududgaz Qoraqalpog'iston” gaz ta'minoti filiali tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Bayonning 8-bandiga muvofiq, Nukus shahrida og'ir mahallalar toifasiga kiritilgan 7 ta “Kosko'l”, “Qumovul”, “Bozovul”, “Qizil qum”, “Qutli makon” “Teleoray” va “Jeketerek” mahalla fuqoralar yig'inlarini “Chimboy guzari” mahallasi namunasida obod mahallaga aylantirish maqsadida, gaz tarmoqlarini tartibga keltirish uchun 34 nafar ishchi xodimlar va 5 ta maxsus texnikalar jalb qilinib, bugungi kunga qadar gaz tarmoqlarining 47,1 km qismi tartibga keltirildi va buyoqlandi xamda 781 ta ustunlar o'rnatildi.
Shuningdek, 10 ta gaz taqsimlash punktlari tartibga keltirilib, buyoqlandi hamda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi doirasida 8658 ta aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari o'rnatildi. Shuningdek, «Tele oray» mahalla fuqoralar yig'ini hududidagi Nukus shahri aholisini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi gaz taqsimlash punkti 400 m/kv zamonaviy evro setkalar bilan qurshaldi.
Mazkur hududlardagi tabiiy gaz tarmoqlarini tartibga keltirish ishlari joriy yil sentyabr oyiga qadar to'liq yakunlanadi.
“Hududgaz Qoraqalpog'iston” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati