Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Angren shahri gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari isteʼmolchilarni tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelishmoqda. Xususan, har 35-40 kun oralig‘ida tabiiy gaz taʼminoti yetib bormagan hududlarga suyultirilgan gaz ballonlari aholi isteʼmolchilariga yetkazib beriladi.
Xususan, hududdagi 400 dan ortiq suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga ega bo‘lgan Beruniy MFY aholisiga 6 tonna tonna suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Shu bilan birga, “Angrenshahargaz” mutaxassislari tomonidan aholi xonadonlarida maishiy gaz ballonlaridan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan doimiy targ‘ibot ishlari olib boriladi. Bunda isteʼmolchilarga tarqatilgan eslatmalarga amal qilish, gaz jihozlaridan foydalanish bo‘yicha suhbatlar ham tashkil etiladi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Matbuot xizmati