Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqarma hamda boʻlim boshliqlari uchun joriy yilning 6-may kuni “Русский Регистр – Средняя Азия” MCHJ bilan hamkorlikda Jamiyat xodimlari uchun ISO 9001:2015 standartining tavsiyalari boʻyicha amaliy seminar tashkil qilindi. Trening spikeri maxsus taklif etilgan mutaxassis – auditor R.Azimov ISO 9001:2015 standartining tavsiyalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.
ISO 9001:2015 Xalqaro standarti sertifikati mahsulot va xizmatlarning xavfsiz, ishonchli va yaxshi sifatli boʻlishini kafolatlashga yordam beradi, shuningdek, korxonalarga yangi bozorlarga chiqish imkoniyatini ochadi.
Amaliy seminar sifat boshqaruvi tizimi boʻyicha xalqaro andozalar asosida ISO 9001:2015 sertifikatini olish uchun zaruriy boʻlgan talablarni tushuntirishga qaratildi hamda seminar yakuni boʻyicha xodimlarga ISO 9001:2015 sertifikatlari taqdim etildi.