Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Farg'ona” gaz taʼminoti filiali majlislar zalida filial boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2022 yil yakunlari va 2023 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan hisobot- konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Filial xodimlari, boshlang‘ich kasaba uyushmasining komissiya aʼzolari va delegatlari ishtirok etgan tadbirda Filial xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish, 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi ijrosi hususida Filial rahbari Sh.Abdumajidov va boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi T.Ahmedovlar maʼruza qildi.
O‘tgan yil davomida “Hududgaz Fargʼona” gaz taʼminoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarga munosib mehnat sharoiti yaratilishi, ularni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash, madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilgani taʼkidlandi.