Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJning 2023–2025 yillar uchun jamoa shartnomasining “Hududgaz Surxondaryo” GTFda 2023-yilda bajarilishi boʻyicha mehnat jamoasining konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada jamoa shartnomasiga asosan “Hududgaz Surxondaryo” GTFda 2023 yilda bajarilgan ishlar boʻyicha filial direktori M.A.Mansurov va filial boshlangʻich kasaba uyushmasi raisi A.B.Qobilovlar mehnat jamoasidan ishtirok etgan delegatlarga hisobot berishdi. (Filial direktori M.A.Mansurovning hisobotini filial direktorining birinchi oʻrinbosari Z.M.Shodiyev oʻqib eshittirdi).
Tadbirda ish beruvchi va Boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti oʻqib eshittirildi va koʻrgazmali video roliklar koʻrsatib oʻtildi. Bajarilgan ishlar tahlil etilib, qoʻshimcha fikr va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari “Hududgaztaʼminot” AJning 2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasining “Hududgaz Surxondaryo” GTFda 2023 yilda bajarilishi boʻyicha tuzilgan dalolatnoma bilan tanishtirildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining Boshlangʻich kasaba uyushma tomonidan imtiyozli ravishda har bir xodimni oʻz vaqtida madaniy hordiq olishlari uchun, mamlakatimizning turli soʻlim joylarida davolanib, hordiq chiqarib kelish bilan bilar qatorda Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlariga sayohatlar muntazam tashkil qilinmoqda. Bundan tashqari, xodimlar ishtirokida turli tadbirlar, sport musobaqalari doimiy oʻtkazib kelinmoqda.
Konferensiyada “Hududgaztaʼminot” AJ Birlashgan KUQ raisining oʻrinbosari A.M.Mashrapov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi Mehnat huquqi inspektori Z.X.Xolov va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi Ijtimoiy himoya boʻlimi yetakchi mutaxassisi O.O.Allayorovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida xodimlarga imtiyozlar va ularning oila aʼzolariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator takliflar ham muhokama qilindi. Bunda xodimlarning oila aʼzolari uchun yurtimizdagi tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirish, koʻp yillardan buyon tizimda samarali mehnat qilib hozirda bola parvarishi bilan shugʻullanayotgan ayol xodimlarga yordam puli ajratish va boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Konferensiyada ishtirok etgan delegatlar “Hududgaztaʼminot” AJning 2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasining “Hududgaz Surxondaryo” GTFda 2023 yilda bajarilishini qoniqarli deb hisoblashdi.
Darhaqiqat xulosa oʻrnida taʼkidlash lozimki, joriy etilayotgan qulayliklar ishlayotgan har bitta xodimning oʻz kasbi va faoliyatiga yanada shijoat va masʼuliyat bilan yondashuvini taʼminlaydi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati