Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Termiz shahrida 43 ming 321 ta aholi xonadoni mavjud boʻlib, ular toʻliq tabiiy gaz bilan taʼminlanadi. Shahar aholisiga 270 km gaz quvurlari va 473 dona gaz taqsimlash punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib beriladi.
Joriy yilning ayni vaqtiga qadar hududdagi 1,7 pm gaz quvurlari tartibga keltirildi. Shuningdek, har bir gaz taqsimlash qurilmasi bir haftada 1 marta onlayn tartibda koʻrikdan oʻtkazilib, koʻriklar davomida GTP kirish-chiqish bosimlari qayd etilib, gaz sizib chiqish ehtimoli mavjud yoki mavjud emasligi aniqlanmoqda.
Ushbu tadbirlardan maqsad aholiga gazni bir maromda va xavfsiz yetkazish, turli noxush holatlarning oldini olishdir.
Gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlarining xavfsizligi uchun “Termizshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimida 6 nafar xodim masʼul etib belgilangan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati