Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
2.“Komplayens”, “komplayens-nazorat” nima va qanday tadbirlarni o‘z ichiga oladi?
Komplayens yoki komplayens nazorat (inglizcha «compliance» so‘zidan «muvofiqlik») – bu tashkilot xodimlarining qonunchilikka zid bo‘lgan xatti-harakatlarini oldini olish va qonunchilikka, sanoat standartlariga va ichki tartib-qoidalarga (nizomlar, yo‘riqnomalar, qoidalar va boshqalar) rioya qilish asosida korporativ ishbilarmonlik etikasini tatbiq qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi.
Xalqaro tajribada “komplayens nazorat” tizimining quyidagi bir necha shakllari mavjud:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish;
- Tibbiyot;
- Davlat fuqarolik xizmati;
- Bank;
- Bojxona sohalarida;
- Jinoiy daromadalarni legallashtirish;
- Monopoliyaga qarshi kurashish.
Korrupsiyaga qarshi “komplayens nazorat”tizimi
Davlat organlari va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar, banklar va xususiy sektor faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlovchi, korrupsiya xavf-xatarlari va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yish,qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni o‘z ichida mujassam etgan samarali tizimdir.
3.Manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari va uning oldini olish bo‘yicha tashkilotinigizda qanday tadbirlar amalga oshiriladi?
Manfaatlar to‘qnashuvi fuqarolarning, kontragentlarning, ish beruvchilarning, qonuniy huquq va erkinliklarini buzish bilan bog‘liq bo‘ladi va quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
ko‘tarilgan narxlarda tovarlar / ishlar / xizmatlarni xarid qilish; etqazib berilmagan tovarlar / ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish; kontragentlar oldidagi shartnomaviy majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarilmasligi; strategik maqsadlarga yoki biznes-rejada ko‘zda tutilgan moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishmaslik; kontragentlar, jamiyat va xodimlar orasida ishonchni yo‘qolishi.
«Hududgazta’minot» AJning Komplayens nazorat boshqarmasi hamda Xodimlar boshqarmasi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelishini oldini olish, aniqlangan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy ravishda o‘rganish va monitoring tadbirlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Jamiyat xodimlari va vakant lavozimga nomzodlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyasi (so‘rovnomasi) o‘rnatilgan tartibda to‘ldiriladi.
4."Hududgazta’minot" AJda Komplayens nazorat tuzilmasi qachon tashkil etilgan?
"Hududgazta’minot" AJning 2020 yil 30 iyundagi 11-sonli Boshqaruv qaroriga muvofiq, “Hududgazta’minot” AJda korrupsiyani oldini olish, xodimlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, moddiy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilish, Jamiyatda “komplayens nazorat” tizimini joriy etishga mas’ul bo‘lgan Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boshqarmasi va uning 14 ta hududiy bo‘limlari tashkil etilgan.
Keyinchalik, "Hududgazta’minot" AJning 2022 yil 7 martdagi 4-sonli Boshqaruv qaroriga muvofiq Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish boshqarmasining nomi Komplayens nazorat boshqarmasi nomiga o‘zgartirilgan.
Hozirda mazkur boshqarma va hududiy bo‘limlarning xodimlari tomonidan tizimdagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora-tabirlar olib borilmoqda.
Shuningdek, “Hududgazta’minot” AJning Komplayens nazorat boshqarmasi mas’ullari tomonidan respublika iste’molchilariga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari va undirilgan mablag‘lar, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari bo‘yicha Jamiyat rahbariga kunlik ma’lumotlar berib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
5."Hududgazta’minot" AJda qaysi yo‘nalishlarda komplayens nazorati olib boriladi?
«Hududgazta’minot» AJda komplayens nazoratini samarali tashkil etish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Jamiyatning tegishli tuzilmalari bilan hamkorlikda komplayens nazorati amalga oshiriladi:
tovarlar, ishlar, xizmatlar xaridlari va boshqalar; kadrlarni ishga qabul qilish, rotatsiya, rag‘batlantirish,; kontragentlar, uchinchi shaxslar bilan o‘zaro aloqalar; tovar-moddiy boyliklar harakati.
Komplayens nazoratni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad, tizimda yuqorida belgilangan barcha yo‘nalishlarda qonuniylik, shaffoflik va adolat me’zonini ta’minlashdir.
6."Hududgazta’minot" AJda komplayens nazorat sohasida qanday ichki idoraviy hujjatlar qabul qilingan?
Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021 yil 18 maydagi majlisi bayoni bilan:
· «Hududgazta’minot» AJning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati qabul qilingan.
Jamiyatning 2020 yil 29 oktyabrdagi 337-son buyrig‘i bilan:
· «Hududgazta’minot» AJ tizimida nazorat qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha tartib;
· «Hududgazta’minot» AJ tizimida xizmat jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha tartib;
· «Hududgazta’minot» AJ tizimida xizmat siri va mahfiylik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tartib;
Jamiyatning 2020 yil 29 oktyabrdagi 338-son buyrig‘i bilan:
· «Hududgazta’minot» AJda qonunbuzilishlar to‘g‘risida xabar berish va uning oldini olish tartibi qabul qilingan.
Mazkur tartibga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 829-son qaroriga muvofiq Jamiyatning 2021 yil 16 yanvardagi 10 son-buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Shuningdek, Jamiyatning 2019 yil 7 noyabrdagi 06/6-son buyruq-qarori bilan:
· «Hududgazta’minot» AJ ning “Ichki mehnat tartibi qoidalari”.
Jamiyatning 2020 yil 19 avgustdagi 219-son buyrug‘i bilan:
· «Hududgazta’minot» AJ va uning quyi tizim korxonalarida xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
Jamiyatning 2020 yil 30 sentyabrdagi 278 son-buyruq bilan:
· “Odob-ahloq qoidalari”.
Jamiyatning 2021 yil 26 avgustdagi 269-son buyruq bilan:
· «Hududgazta’minot» AJda Sovg‘alar va ish jarayonida mehmondo‘stlik belgilari to‘g‘risida Nizom.
Jamiyatning 2021 yil 4 oktyabrdagi 294-son buyruq bilan:
· «Hududgazta’minot» AJda tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish to‘g‘risidagi Nizom;
· «Hududgazta’minot» AJda ekspert-texnik komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom;
· «Hududgazta’minot» AJda eng yaxshi takliflarni tanlashni o‘tkazadigan xarid komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi Nizom;
· «Hududgazta’minot» AJda tender o‘tkazish bo‘yicha xarid komissiyasi faoliyati to‘g‘risidagi Nizom;
·«Hududgazta’minot» AJda tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish (sharnoma tayyorlash, tuzish ro‘yhatdan o‘tkazish va imzolash) bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi Nizomlar qabul qilingan.
«Hududgazta’minot» AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlab chiqilgan ichki idoraviy hujjatlar Jamiyat va uning quyi tizim tashkilotlari xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
7."Hududgazta’minot" AJda qaysi aloqa kanallari orqali huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish mumkin?
Korporativ madaniyatning ajralmas qismi sifatida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining komplayens nazorat boshqarmasi Jamiyat va uning xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ichki siyosat va protseduralari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yuqori professional va axloqiy meʼyorlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
«Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!