Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31-martdagi «Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari» 256-sonli qaroriga asosan, Yuridik va Jismoniy shaxslar gaz tarmoqlariga ulanishda:
a) Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish tartibi:
- Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tib, xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash;
- Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP tomonidan texnik shart ishlab chiqish uchun so‘rovnomani gaz ta’minoti filiallariga yuborish;
- Gaz ta’minoti filiali tomonidan texnik shart ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat qilganda) yuborish;
- Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish;
- Davlat xizmatlari markazi texnik shartlarni, shuningdek gaz ta’minoti filialining, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini texnik shartlarga o‘zining muhrini bosib, iste’molchiga berish.
b) Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash tartibi:
- Istemolchi tomonidan gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun gaz ta’minoti filiali yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
- Gaz ta’minoti filiali yoki boshqa loyihalash tashkilotlari tomonidan gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirish;
- Gaz ta’minoti filiali yoki boshqa loyihalash tashkilotlari gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldirish;
- YaIDXP tomonidan so‘rovnomani gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun gaz ta’minoti filiallariga yuborish;
- Gaz ta’minoti filiali gaz ta’minoti loyihasini Elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash orqali kelishish va kelishilgan gaz ta’minoti loyihasini YaIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish;
- Iste’molchi gaz ta’minoti filiali yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish;
- Gaz ta’minoti filiali yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
d) Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish tartibi:
- Iste’molchi tomonidan tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat qilish;
- Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP tomonidan tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani gaz ta’minoti filialiga va Byuroga yuborish;
- Gaz ta’minoti filialiga va Byuro tomonidan tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning o‘ziga chiqib plombalash, Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) rasmiylashtirilgan va plombalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan gaz ta’minoti shartnomasini yuborish;
- Davlat xizmatlari markazi iste’molchini gaz ta’minoti shartnomasi rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
- Iste’molchi rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasini tasdiqlash va tasdiqlangan gaz ta’minoti shartnomasini gaz ta’minoti filialiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuborish.
- Gaz ta’minoti filiali qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish va qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish.
e) Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli ob’ektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish:
- «Sanoatgeokontexnazorat» DI Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.
Taxririyat sanasi: 10.07.2023 14:40
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!