Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
ISTE'MOLCHILARGA MAISHIY GAZ BALLONLARNI VAQTINCHA FOYDALANISHGA BERISH TARTIBI
Vazirlar Mahkamisining 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarorining 1-Ilovasi 16-bandiga asosan, “Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchining arizasi asosida uning balansida boʼlgan maishiy gaz ballonini toʼlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi, isteʼmolchi esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyatini oladi”. Shu ilovaning 17-bandida “Isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berish imkoniyatini koʼrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda isteʼmolchi pasportining nusxasi va yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma ilova qilingan holda taqdim etadi. Berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʼrganiladi. Oʼrganish yakunlari boʼyicha dalolatnoma tuziladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan bitta isteʼmolchiga bir dona gaz balloni yetkazib beriladi.
1. Iste'molchilarga maishiy gaz ballonni vaqtincha foydalanishga berish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- murojaatchining arizasi;
- arizani uch ish kuni mobaynida soha mutaxassisi va MFY vakili ishtirokida o‘rnatilgan tartibda joyida o‘rganib chiqilganligi to‘g‘risida yozilgan dalolatnoma;
- murojaatchining pasport nusxasi; - o‘zini o‘zi boshqarish organidan yashovchilar soni to‘g‘irisidagi ma’lumotnoma
- ishga tushirish-sozlash ishlarini olib borish uchun tasdiqlangan preyskurant asosida iste'molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lov pattasi;
- gaz ta'minoti filiali va iste'molchi o‘rtasida maishiy gaz ballonni vaqtincha foydalanishga berish bo‘yicha tuziladigan shartnoma nusxasi;
2. Iste'molchilarga vaqtincha foydalanishga berilayotgan maishiy gaz ballonlari “E-gaz” dasturiga o‘z vaqtida kiritilishi ta'minlansin.
3. Hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olish, saqlash va arxivlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilsin.
4. Iste'molchilarga har bir dona maishiy gaz ballonni vaqtincha foydalanishga berish ishlari “Hududgaz” gaz ta'minoti filialining Suyultirilgan gaz bo‘yicha o‘rinbosarlari imzosidan so‘ng, yuk xati orqali berilishi yo‘lga qo‘yilsin.
Taxririyat sanasi: 16.05.2023 09:59
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!