Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʻminot” aksiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Komplektatsiya” unitar korxonasi “Hududgaztaʻminot” AJ yagona ishtirokchisining 2020-yil 30-iyundagi 12-sonli bayonnomasiga asosan “Hududgaz Komplektatsiya” filiali negizida tashkil etilgan.
Korxonaning yagona taʼsischisi (mulkdor) “Hududgaztaʻminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Taʼsischi”) hisoblanadi, u yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 2019-yil 27-iyuldagi 747007-son reestr raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Korxona oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek Taʼsischining qaror, buyruq, farmoyishlari va ushbu Ustav asosida olib boradi.
KORXONA FAOLIYATINING MAQSADI VA TURLARI
Korxona oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olishdir. Korxona oʻzining asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
- Taʼsischi tomonidan tasdiqlangan uning moddiy-texnik resurslari va bajarilishi lozim boʻlgan texnik ishlab chiqarishga oid ish va xizmatlar ehtiyojini taʼminlashga doir dasturlarni oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish va ijro etish;
- Gaz taʼminoti tizimida foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va bajarilishi lozim boʻlgan texnik ishlab chiqarishga oid ish va xizmatlarni yetkazib beruvchilarning maʼlumotlar bazasini yaratish;
- Taʼsischining talabnomasi va dasturlari asosida, amaldagi qonunchilik talablariga amal qilgan holda, taʼsischi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni moddiy-texnik resurslari bilan taʼminlash, hamda texnik ishlab chiqarishga oid ish va xizmatlarni amalga oshirishda shartnoma asosida korxona va tashkilotlarni jalb qilgan holda ijro etish;
- Belgilangan tartibda omborxona xoʻjaligini yuritishdan iborat.
- Moddiy-texnika resurslar, jalb qilingan ish va xizmatlar qonun xujjatlarda taqiqlanmagan usullarda yetkazib berish, shu jumladan sotish (realizatsiya);
- Xoʼjalik shartnomalari boʼyicha eʼtirozlar va daʼvolarni taqdim etish hamda koʼrib chiqish;
- Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan.
- Аmalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (letsenziya) talab etiladigan faoliyat turlari Korxona tomonidan unga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma (letsenziya) olinganidan keyingina amalga oshiriladi.
Taxririyat sanasi: 31.05.2023 11:36
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!