Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Konsalting” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Hududgazta’minot” AJ Kuzatuv kengashining 2020-yil 19-iyundagi bayonnomasiga asosan tashkil etilgan. Jamiyatning yagona ta’sischisi (mulkdor) “Hududgazta’minot” AJ aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Jamiyat 2020-yil 08-iyul 870013-son qayd raqami bilan Davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatga olingan.
Jamiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek Ta’sischining qaror, buyruq, farmoyishlari va Ustav asosida olib boradi.
Jamiyat faoliyatining maqsadi:
“Hududgazta’minot” AJ uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish Jamiyatning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Jamiyat asosiy maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshiradi:
- Korporativ boshqaruv sohasida rivojlangan mamlakatlarning tajribasi asosida kadrlarining malakasini oshirish, ularning menejment, marketing va ma’muriyatchilik biznesining zamonaviy usullarini egallashi boʻyicha maxsus qisqa muddatli dasturlarni amalga oshirish;
- Ilgʻor pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda oʻquv jarayoniga boshqaruv kadrlari tayyorlashning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etish;
- Biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida ilgʻor xorijiy tajribani tizimli asosda chuqur oʻrganish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini sinovdan oʻtkazish va respublikada joriy etish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, aksiyadorlik jamiyatini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etishni ilmiy-metodik ta’minlash, uning tashkiliy shakllarini zamonaviy xalqaro standartlar va talablarga muvofiq boʻlgan namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirish;
- Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatish va hamkorlikni rivojlantirish, ular bilan korporativ boshqaruv sohasida boshqaruv kadrlari tayyorlash va ularning professional saviyasini oshirish boʻyicha oʻquv-metodik ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qoʻshma hamkorlik dasturlarini amalga oshirish;
- zamonaviy xalqaro ta’lim standartlari va talablari hisobga olingan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayonini, shuningdek ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan, oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublaridan foydalanishni (amaliyotni tahlil qilish, guruhli biznes-loyihalar, keys-bosqichlar va shu kabilarni) tashkil etish;
- Jamiyatning xodimlari, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning olimlari va mutaxassislari ishtirokida muammoli-maqsadli munozaralar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar tashkil etish;
- biznesni boshqarish va korporativ boshqaruvning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani oʻrganish, biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar, shakllar va usullarni joriy etish, biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida boshqaruv kadrlarini tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qoʻyish tizimining samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- oʻquv va ilmiy-metodik ishlarni olib borish, maslahatlar berish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosida jalb etish, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish borasida yetakchi xorijiy kompaniyalar, ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va hamkorlikni amalga oshirish;
- tinglovchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ularning huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning samarali tizimini, bitiruvchilarning mehnat faoliyati va kasbiy oʻsishining doimiy monitoringi olib borilishini tashkil etish;
- Jamiyat tizimidagi barcha rahbar va ishchi-xodimlar malakasini oshirish, mutaxassislikka tayyorlash va qayta tayyorlash;
- xodimlarni dunyoning rivojlangan kompaniyalarida amaliyot oʻtashlari va tajriba almashishlarini tashkil etish;
- dunyoning rivojlangan kompaniyalari bilan ilmiy, iqtisodiy yoʻnalishlarda hamkorlik konferensiyalarini tashkil etish;
- xorijiy va mahalliy konsultantlar ishtirokida Jamiyat xodimlari uchun zamonaviy korporativ boshqaruvi, innovatsion faoliyat toʻgʻrisida seminar-treninglar tashkil etish;
- hukumat tomonidan sohaga oid qabul qilingan Farmon, qaror va buyruqlar mazmun, mohiyati boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish;
- sohaga oid metodik qoʻllanmalarni tayyorlash;
- xodimlarning ilmiy-texnik ishlari va ratsionalizatorlik ixtirolariga koʻmaklashish va amalga oshirish;
- Jamiyat tizimidagi tashkilotlarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish va amaliy yordam koʻrsatish;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini xavfsiz va barqaror olib borishlariga koʻmaklashish maqsadida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ishlovchi xodimlariga “Tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalari va gazdan zaharlanganda birinchi yordam koʻrsatish qoida”lari mavzularida pullik oʻquv seminarlarini tashkil etish;
- respublikada mavjud korxona, tashkilot va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini oʻrganish, tahlil qilish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha pullik xizmatlarni tashkil etish;
- kelgusida oʻquv markazi binosini tashkil etgan holda Jamiyat va respublikada mavjud boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish, mutaxassislikka tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha pullik oʻquv kurslarini tashkil etish;
- tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda ilmiy-texnik koʻmaklashuv:
- gaz taqsimlash tizimlaridan samarali va xavsiz foydalanishga koʻmaklashish;
- Iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bir maromda taʻminlash, gaz iste’moli rejimlarini optimallashtirish boʻyicha hisob-kitoblarni, shuningdek gidravlik hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- Gaz toʻldirish stansiyalari (GTS), gaz toʻldirish punktlari (GTP)dan foydalanishga oid texnologik reglamentlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalar va innivatsion gʻoyalarni joriy qilishga yordam berish;
- Moddiy-texnika va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va normalashtirish va energiyani tejash dasturini ishlab chiqish, resurslarni iste’mol qilish, asbob-uskunalardan foydalanish, oʻz ehtiyojlari uchun yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molini nazorat qilish normalari va normativlari tizimini yaratish;
- Xorijiy mamlakatlarning xalqaro va mintaqaviy standartlari bilan uygʻunlashuvini ta’minlagan holda, standartlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish asosida neft-gaz sanoati korxonalari faoliyatini normativlar va axborot bilan ta’minlash;
- Ekologik xavfsizlikni ta’minlash boʻyicha atmosferaga zararli moddalarning ruxsat etilgan cheklangan miqdorlari, ishlab chiqarish chiqindilari miqdorini normalashtirish va atrof-muhitga ta’sirini baholash.
- Amaldagi qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa foyda olishga qaratilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish.
Taxririyat sanasi: 31.05.2024 15:49
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!