Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
1. “Hududgaztaʼminot” АJ qaysi meʼyoriy hujjatga asosan tashkil topgan? Suyultirilgan gaz taʼminoti borasida Jamiyatga yuklatilgan asosiy vazifalar nimalardan iborat?
- Jamiyat Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi “Аholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neftь-gaz tarmogʼini moliyaviy sogʼlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4388-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Аsosiy vazifalari suyultirilgan gazni xarid qilish, tashib kelish, saqlash hamda aholi isteʼmolchilari va ijtimoiy soha obʼektlariga sotish;
2. Isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berish, gaz xoʼjaligida xavfsizlikka rioya qilish, xavfli yuklarni tashish qoidalari qanday meʼyoriy-normativ hujjatlarda belgilangan?
- Suyultirilgan gazni yetkazib berish – Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi “Аholi va ijtimoiy soha obʼektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 646-son qarori talablari va uning ilovalari;
- Gaz xoʼjaligida xavfsizlik – Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 martdagi “Gaz xoʼjaligida xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 226-son qarori;
- Xavfli yuklarni tashish - Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobilь transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 35-son qarori;
3. Suyultirilgan gaz hajmlarining ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchigacha yetib borish mexanizmi (sxemasi) qanday bosqichlarni oʼz ichiga oladi?
- Ishlab chiqaruvchi zavodlardan avto va vagon-tsisternalarida gaz toʼldirish shoxobchalariga olib kelinadi. Gaz toʼldirish shoxobchalaridagi sigʼimlarga toʼkib olinadi va gaz taʼminoti boʼlimlariga tegishli maxsus bortli avtotransportlardagi maishiy gaz ballonlarga toʼldirib beriladi. Mahalliy xokimliklar tomonidan tasdiqlangan grafiklarga asosan, maxsus avtotransportlarga biriktirilgan haydovchi va chilangar-taʼminotchilar tomonidan isteʼmolchilarga "aylanma" tarzda toʼldirilgan maishiy gaz ballonlarda yetkazib beriladi.
4. Suyultirilgan uglevodorod gazi nima? Uning tarkibi, ximik va fizik xususiyatlari qanday?
- tabiiy gaz, neftь va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan boʼlgan suyultirilgan uglevodorod gazi;
5. Maishiy gaz ballonlarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularning hisobini yuritish qay tartibda olib boriladi?
- Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchining arizasi asosida uning balansida boʼlgan maishiy gaz ballonini toʼlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi. Isteʼmolchida esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyati mavjud (davomi VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 4-bob).
6. Isteʼmolchilarni gazlashtirish uchun hujjatlar qanday rasmiylashtiriladi?
- a) aholi uchun:
- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʼgʼrisida yozma yoki elektron shaklda ariza, xonadon kadastr hujjati nusxasi, pasport nusxasi va oʼzini oʼzi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;
- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti korxonasining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʼrganiladi. Oʼrganish yakunlari boʼyicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollatish uchun tuynuklarning joylashuvini oʼz ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;
- b) ijtimoiy soha obʼektlari uchun:
- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʼgʼrisidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subʼekti davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma bundan mustasno;
- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʼrganiladi. Oʼrganish yakunlari boʼyicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʼimlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qoʼyiladigan talablarni oʼz ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi (davomi VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori1-ilova, 5-bob).
7. Suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish va qabul qilish toʼgʼrisida shartnomalar qanday tuziladi?
- Gaz taʼminoti tashkiloti va aholi oʼrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʼyicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.
- Gaz taʼminoti tashkiloti va ijtimoiy soha obʼektlari oʼrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʼyicha shartnoma ikki nusxada tuziladi.
- Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha obʼektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʼyicha amalga oshiriladi.
- Hududiy gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi oʼrtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʼgʼrisidagi shartnoma ikki nusxada tuziladi.
- Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha obʼektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema boʼyicha amalga oshiriladi.
- Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʼrtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi (VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 6-bob).
8. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berishda asosiy talablar nimalardan iborat?
- Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʼldirish punktlarigacha va stantsiyalarigacha hamda gaz toʼldirish punktlari va stantsiyalaridan isteʼmolchilargacha avtomobilь transporti bilan tashish qatʼiy ravishda qonun hujjatlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
- Ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qatʼiyan taqiqlanadi (davomi VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 8-bob).
9. Yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun hisob-kitob nimaga asosan amalga oshiriladi?
- Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʼlovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.
- Isteʼmolchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati boʼyicha toʼlovni amalga oshirishi shart.
- Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʼlov isteʼmolchilarning tanloviga koʼra istalgan toʼlovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi (VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori 1-ilova, 9-bob).
10. Maishiy gaz ballon qaysi davlat standarti bilan belgilangan (raqami, nomi, parametrlari, metal qalinligi, ogʼirligi, ishlash bosimlari)?
- GOST 15860-84 “Ballonы stalьnыe svarnыe dlya sjijennыx uglevodorodnыx gazov na davlenie do 1,6 MPa”;
11. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi Farmoni asosida suyultirilgan gazni yetkazib berish jarayonida avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan?
- 2020 yil 5 oktyabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli Oʼzbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoni 20-ilova 65-bandi.
- Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va yetkazib berishda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi;
- Suyultirilgan gaz uchun toʼlovlarni elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratilishi;
- Gaz taʼminoti xodimlari va isteʼmolchilar oʼrtasida naqd pul muomalasiga chek qoʼyilishi;
- Suyultirilgan gaz hisobini on-line yuritish va nazorat qilish imkoniyati yaratilishi.
13. Isteʼmolchilarga ID-karta va maishiy gaz ballonlarga maxsus bar kodli stikerlar qay tartibda yetkazib beriladi?
- Gaz taʼminoti boʼlimlari tomonidan isteʼmolchilarning ID-kartaga va maishiy gaz ballonlariga maxsus bar kodli stikerlarga boʼlgan ehtiyoj aniqlanadi va gaz taʼminoti filiallariga buyurtma beriladi. GTFlar oʼrnatilgan tartibda zarur miqdorda va zaxira asosida xarid qilish ishlarini amalga oshirib, GTBlarga taqsimot qilib beradi. ID-karta va maxsus bar kodli stikerlar GTF mulki hisoblanadi.
14. Isteʼmolchilar tomonidan ID-kartalarga pul mablagʼlari qaysi toʼlov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin?
Filial shartnomasi mavjud bank kassalarida, pochta va paynet shoxobchalarida, klik, peymi, apelsin, paynet “milliy bank” mobil ilovalari orqali.
15. "Аylanma" tara degani qanday tushuncha? U qay tartibda amalga oshiriladi?
- "Аylanma" bu isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni yetkazishda qulay usul hisoblanadi. Yaʼni, ISUZUlarga qoʼshimcha gaz ballonlar biriktirib beriladi va isteʼmolchilardan boʼsh gaz ballonlarini yigʼmasdan birdaniga suyultirilgan gazga toʼldirilgan gaz ballonlarni yetkazib beriladi, aholi foydalanishidan boʼshagan ballonlar yigʼib olinadi.
Taxririyat sanasi: 16.02.2024 15:22
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!