Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ariza, taklif va shikoyatlarni qabul qilish jarayoni
“Hududgazta'minot” AJ va uning hududiy filiallarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari(ariza, taklif, shikoyat)ni ko‘rib chiqish quyidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi:
– O‘zbekiston Respublikasining Qonuni "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 11.09.2017 yildagi O‘RQ-445-son;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori "Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida" 07.05.2018 yildagi 341-son;
– “Hududgazta'minot” AJ Boshqaruv raisining “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyati, uning tasarrufidagi hududiy gaz ta'minoti filiallari va tuman (shahar) gaz ta'minoti bo‘limlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 2022-yil 10-martdagi 55-sonli buyrug‘i (link)
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!