Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“HUDUDGAZTAMINOT” АJDА YOShLАR SIYOSАTINI АMАLGА OSHIRISH YUZАSIDАN АMАLGА OSHIRILАYOTGАN CHORА-TАDBIRLАRNING NАTIJАDORLIGI
“Hududgazta’minot” AJ va quyi tizim korxonalarida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yoshlar siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 yilga belgilangan chora-tadbirlar Dasturi Yoshlar agentligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra tizimda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoniga muvofiq Jamiyat va uning quyi tizim korxonalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul sport targ‘ibotchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, “PHYSICAL CULTURE” vaqtlari joriy etildi. Unga ko‘ra, har kuni soat 12-00 va 16-00da 10 daqiqalik jismoniy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Shuningdek, joylarda tashkil etilgan sport zallari hamda sport inshoatlarida sportning barcha turlari bo‘yicha sport o‘yinlari va mashg‘ulotlar tashkillashtirilmoqda;
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatida maktab o‘quvchi yoshlari bilan Jamiyat faoliyati, gaz ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi eng so‘nggi innovatsion loyihalar, zamonaviy va energotejamkor gaz jihozlari hamda gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish kabi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkillashtirildi;
- Yosh xodimlarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, mutahassisligi bo‘yicha zarur ko‘nikmalar hamda ish tajribasini mukammallashtirish maqsadida Jamiyatning 2019 yil 18 sentyabrdagi 31-son “Jamiyat va uning tizim korxonalarida “Ustoz-shogird” an’analarini joriy etish ishlar tashkil qilindi;
- Respublikada joriy etilgan karantin cheklovlari sababli respublikadagi tarixiy obidalar, va ziyoratgohlarga borishning imkoni bo‘lmaganligi tufayli Jamiyat tomonidan “Moziyga virtual sayohat” mavzusida dunyoning nufuzli muzeylariga virtual sayohat qilish imkoni yaratildi. Bunda mashxur obidalar, muzeylarga 3D ko‘rinishda sayoxat uyushtirish orqali yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga erishildi;
- “HUDUDGAZ YOSHLARI” rasmiy telegram kanali tashkillashtirilib, Unda, mamlakatimiz va jahon tarihiga oid qiziqarli ma’lumotlar, “E-KUTUBXONA” – eng so‘ngi betseller kitoblar, audio kitoblar viktorinalari, sport yangiliklari, haftalik ob-havo ma’lumotlari, gaz ta’minoti sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar va e’lonlar, “TENGDOSHLAR IJODIDAN” rukni (yoshlar tomonidan taqdim etilgan o‘z ijod na’munalari) va boshqa habarlar berib borilmoqda;
- “Hududgazta’minot” AJ tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlar ma’lumotlari muntazam tahlil qilib boriladi hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar tashkillashtirilmoqda.
- 2021 yil 17-23 may kunlari Qashqadaro viloyati “Lochin” oromgohida o‘tkazilgan Energetika vazirligining “Barkamol yosh mutaxassis - qudratli yurt tayanchi” shiori ostida o‘tkazilgan “Yeshlik energiyasi” forumida Jamiyatining 60 ga yaqin shijoatkor, bilimga chanqoq yoshlari ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab, diplom bilan taqdirlandi.
- 2021 yil 26 iyun kuni “Yoshlik” sport majmuasida “HUDUDGAZTA’MINOT KUBOGI 2021” mini-futbol, stol tennis, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.
- 2021 yil 1 oktaybr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJda faoliyat olib boradigan yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
- 2021 yil 9-10 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “UGAM-2021” mini-futbol kubogi Jamiyatning yoshlari ishtirok etib, faxrli 1 o‘rin egalladi.
- Musobaqada tizimdagi barcha hodimlar ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egalladi va g‘oliblar esdalik so‘vg‘lar bilan taqdirlandi.
Jamiyat va quyi tizim korxonalari rahbarlari tomonidan Yoshlar siyosatini to‘liq va sifatli amalga oshirishga qaratilgan barcha zarur chora-tadbir amalga oshirilmoqda.
Taxririyat sanasi: 12.05.2022 16:13
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!