Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaztaʼminot" AJ Metrologiya yo‘nalishining 300 ga yaqin mutaxassislari uchun “Metrologik taʼminot” mavzusida “Hududgaz Konsalting” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. 10 ta guruhga bo‘lingan holda “HGT Training senter” o‘quv markazida o‘tkazilgan mashg‘ulot tuzilgan maxsus reja asosida olib borilar ekan, bundan asosiy maqsad Metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash, yangi ko‘nikmalarni shakllantirish, sohaga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va yangidan joriy qilingan qonun hujjatlari bilan tanishtirish, zamonaviy yangi gaz sarfini hisoblash jihozlaridan amalda foydalanish bo‘yicha tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida soha mutaxassislari tomonidan qator maʼruzalar o‘qib eshittirildi. Jumladan, “Triple Point Engineering” Konsalting kompaniyasi direktori “Xalqaro sifat standartlari tizimining afzalliklari. Jahon iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida ISO standartlari o‘rni” mavzusi bo‘yicha tushuntirish berib o‘tar ekan, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi. Shuningdek, “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator huquqiy-meʼyoriy hujjatlari, sohaga oid boshqa ko‘plab qo‘llanmalarning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Har bir mashg‘ulot davomida nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar bilan shakllantirildi.
Dastlabki guruhlarda olib borilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakunida o‘quv mashg‘ulotlarini namunali o‘zlashtirgan mutaxassislar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti davom etmoqda.