Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joriy yilning 12–15 mart kunlari “Hududgaz Konsalting” MChJ tomonidan “Hududgaztaʼminot” AJ Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boshqarmasi, Gaz taʼminoti filiallari, tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlaridagi “Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash” boʻlim boshliqlari va ushbu yoʻnalish mutaxassislarining professional saviyasi va ish malakasini oshirish maqsadida HGT “Training Center” oʻquv markazida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar malakasini oshirish, jumladan, Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boshqarmasi bilan birga tabiiy va suyultirilgan gaz balansi va rejimi, hisobini yuritishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari boʻyicha joylardagi mutaxassislarni bilimlarini oshirish “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati nazoratida boʻlgan vazifalardan biridir.
Oʻquv mashgʻulotlarda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqarma boshliqlari va soha mutaxassislari tomonidan hududda sarf qilingan tabiiy gaz hisobini mahalla kesimida yuritish, hududiy gaz taʼminoti filiallaridan aholi va ulgurji isteʼmolchilar tomonidan kelasi oy, yil uchun kutilayotgan tabiiy gaz boʻyicha zarur boʻlgan hajmlarni shakllantirish, mahalla gaz ustasi va chilangarining faoliyati boʻyicha asosiy tushunchalar, maishiy va ulgurji gaz jihozlarini oʻrnatishda zarur boʻlgan texnik shartlar, maishiy va ulgurji isteʼmolchilarni koʻrikdan oʻtkazish tartibi, maishiy va ulgurji isteʼmolchilarining gaz jihozlariga koʻrsatiladigan texnik va profilaktik xizmatlar sifatini oshirish va korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha mavzular yoritib berildi.
Mashgʻulotlarda Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boshqarmasi, Gaz taʼminoti filiallari, tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlaridagi “Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash” boʻlim boshliqlari va tegishli xodimlari ishtirok etdilar (jami – 14 kishi). Oʻquv seminarida ishtirok etgan xodimlar Gaz taʼminoti filiallarining “Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash” boʻlimlaridan murabbiy sifatida saralab olingan boʻlib, mashgʻulotlar davomida egallagan bilim va koʻnikmalarini joylarda “Mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash” boʻlim xodimlari bilan ulashib, ish tizimini toʻgʻri tashkillashtirishlari belgilab olindi.
Mashgʻulotlar soʻngida olingan bilimlar asosida davra suhbati oʻtkazildi.