Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish boʻyicha izchil choralar koʻrilmoqda.
Xabaringiz bor, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan gaz taʼminoti tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, jamiyat faoliyati audit natijalariga koʻra ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb topildi. Hozirgi kunda ushbu yoʻnalishda bir qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Xodimlarning huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish, jamoaviy halollik immunitetini shakllantirish eng asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.
Xususan, “Hududgaztaʼminot” AJ ijro apparati hamda tizimning Komplayens nazorat va Kadrlarni boshqarish boʻlimi xodimlari uchun joriy yilning yanvar oyida “Cert International” xalqaro sertifikatlash tashkiloti bilan hamkorlikda “Komplayens nazorat tizimining roli” mavzusidagi onlayn oʻquv-seminari tashkil etildi.
Oʻquv seminari, korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlari, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar toʻqnashuvi tushunchalari boʻyicha onlayn maʼruza shaklida olib borildi. Oʻquv seminari yakuni boʻyicha olingan bilimlar nazoratdan oʻtkazilib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.