Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʻminot” AJ ning hududiy gaz taʼminoti filiallarida faoliyat yuritayotgan Tabiiy gaz taʼminoti obyektlaridan samarali foydalanish xizmati mutaxassislari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2018-yilning 1-iyunida 3018-son bilan roʻyxatga olingan “Tabiiy gazni yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi” yoʻriqnomaning tegishli bandlari boʻyicha Joriy yilning 24-25-aprel kunlari “Hududgaz Konsalting” MCHJ “HGT Training Centre” oʻquv markazida oʻquv mashgʻulotlari olib borildi.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida sohaning uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislari tomonidan yetkazib berilgan tabiiy gaz hisobotlarini yuritish va dalolatnomalarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan mashgʻulotlar oʻtkazildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, taklif va tavsiyalari tinglandi hamda “Hududgaz Konsalting” MCHJ tomonidan ishlab chiqilib tegishli tashkilotlar bilan kelishish jarayonida boʻlgan “Oʻz ehtiyojlari uchun gaz sarfini va tarqatishda texnologik yoʻqotishlarni aniqlash metodikasi”da belgilangan tartib va talablar boʻyicha tushunchalar berildi.
Oʻquv mashgʻulotlari yakunida ishtirokchilar malaka oshirish sertifikatlari bilan taqdirlandi. Kelgusida bu kabi oʻquv mashgʻulotlarini yiliga bir marotaba oʻtkazilishiga kelishib olindi.