Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Viloyatda 167 mingdan ortiq aholi suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. Gaz ballonlarini ularga yetkazib berishda tizim xodimlari tomonidan xavfsizlik masalasiga e’tibor qaratib kelinadi. Jumladan, har bir gaz ballonlari belgilangan vaqtda sinovdan o’tkazilib, yetkaziladi. Nosoz holga kelib qolgan gaz ballonlari ham qayta ta’mirlanadi.
Ta’kidlash lozim, gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Qorako‘l”, “Vobkent” gaz to‘ldirish shoxobchalari hamda Buxoro tumanida sinov sexlari faoliyat olib bormoqda. Ular 2017–2023-yillarda tashkil etilgan bo‘lib, kuniga har birida 50-55 ga yaqin gaz ballonlari sinovdan o’tkaziladi. Yil davomida esa umumiy hisobda o‘rtacha 35 mingga yaqin maishiy gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilib, bo‘yoqlanadi, navbatdagi sinov muddati muhrlanadi. Bugunga qadar esa 26 600 ta gaz ballonlari sinovdan o‘tkazildi.
Gaz ballonlari har besh yil davomida sinovdan o‘tkazilar ekan, ulardan to‘g‘ri foydalanish hamda talab darajasida o‘rnatilishi lozimligi haqida ham iste’molchilarga tushuntirishlar berilmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati