Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2023-yilning 16-fevralida imzolangan “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining binosida 20 kv soat quvvatga ega bo’lgan quyosh elektr panellari o’rnatilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu qurilmalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln 600 kv soatni tashkil etib, ular 2 yil mobaynida o’z xarajatlarini to’liq qoplashi ko’zda tutilgan. Ta’kidlash lozim, ushbu samarali ish natijasi o’laroq elektr energiyasi oyiga 40-45 foizga tejaladigan bo’ldi.
300 litrli 2 dona quyosh suv isitish moslamasi ham o'rnatilib, foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, gaz ta’minotida faoliyat olib boradigan rahbar-xodimlar aynan ushbu qaror ijrosi yuzasidan o’z xonadonlarida quyosh elektr panellarini o’rnatib, foydalanib kelmoqda.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati