Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sport - sog‘lik garovi. Shuningdek, sport bilan doimiy shug‘ullangan kishi tashqi ko‘rinishi tomonlama ham yosh, bardam, ko‘tarinki ruhdagi inson bo‘ladi. Ayniqsa, xotin-qizlarning sport bilan oshnoligi yana-da eʼtiborga molik.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida «Ayol- jamiyat ko‘zgusi» mavzusida joylarda ko‘plab tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi «Yoshlar ko‘li» atrofida «Sportni sev, sport bilan bilan yasha!» shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan velosport musobaqasi bo‘ldi.
Unda viloyatdagi tashkilot va korxonalardan yuzdan ortiq sportsevar xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z mahorat va epchilliklarni sinashdi.
Velosport musobaqasida “Navbahortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi ishchi-xodimi Hulkar Rahimova ham faol qatnashdi.
- Bolaligimizdan velosiped haydab katta bo‘lganmiz, - deydi velomusobaqa ishtirokchisi Hulkar Rahimova. – Bu avvalo, doimiy harakat, sog‘lik uchun juda foydali. Tumangaz gaz taʼminoti bo‘limiga ham ishga har kun ertalab velosipedda qatnayman. Qolaversa, o‘zim sportni yaxshi ko‘rganim uchun farzandlarimga ham muntazam sport bilan do‘st bo‘lishlarini uqtiraman. Bugungi musobaqa haqida eshitib xursand bo‘ldim. Faol ishtirok etganimdan mamnunman. Barcha ayollarimizni, qizlarimizni sport bilan shug‘ullanishlarini tavsiya etgan bo‘lardim.
Qizg‘in va murosasiz kechgan velopoyga yakunida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
«Hududgaz Navoiy» gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati